O‘zbekiston | 07:52 / 19.07.2021
14205
2 daqiqa o‘qiladi
Parkent tumanida 8ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Joriy yilning 17 iyul kuni soat 15:00larda Toshkent viloyati, Parkent tumani, “Parkent-Kumushkon” yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan M.A. "HOVO" rusumli yuk avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda tormoz tizimi ishdan chiqib boshqaruvni yo‘qotgan va natijada:
- haydovchi M.M. boshqaruvidagi “GAZ-24”;
- haydovchi F.R. boshqaruvidagi "Spark";
- haydovchi A.R. boshqaruvidagi "Neksiya";
- haydovchi B.T. boshqaruvidagi "Spark";
- haydovchi M.Yu. boshqaruvidagi "Lasetti";
- haydovchi Z.M. boshqaruvidagi “Gazel”;
- haydovchi B.U. boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli avtomobillar bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.
Natijada, “VAZ-2106” rusumli avtomobil haydovchisi B.U. hamda uch nafar yo‘lovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:08 / 08.11.2024
Yunusobodda bir kunda ikkita YTH sodir bo‘ldi
22:54 / 06.11.2024
Taxtaqoracha dovonida transport vositalari harakati tiklandi
20:50 / 06.11.2024
Taxtaqoracha dovonidagi halokatda uch kishi vafot etgani tasdiqlandi
18:04 / 06.11.2024