Olimlar koronavirus qaysi hayvonlarni zararlashi mumkinligini aniqlashdi
Biologlar koronavirusning turli hayvonlar nafas yo‘llaridagi hujayralarni zararlay olish xususiyatini o‘rganib chiqishdi. Aniqlanishicha, koronavirus faqat maymunlar va mushuksimonlar oilasi vakillariga yuqar ekan.
Olimlar buni aniqlash uchun 12 turdagi uy va yovvoyi hayvonlar, jumladan, makaka-rezus, mushuk, sassiqkuzan, it, cho‘chqa, quyon, echki, yirik shoxli chorva, lama, tuya va ikki turdagi ko‘rshapalakning nafas yo‘llaridagi hujayralar modellari kolleksiyasidan foydalanishgan.
Aniqlanishicha, koronavirus faqatgina mushuklar va maymunlar nafas yo‘llari hujayralarini zararlagan.
“Biz olgan natijalar mushuk, maymun va ularga yaqin turlar koronavirusning ikkilamchi tarqalishi uchun rezervuar bo‘lishi mumkinligini sinchkov kuzatishni talab etadi”, deb xulosa qilishgan tadqiqot mualliflari.
Mavzuga oid
20:37 / 11.10.2024
Toshkentda mushukka beshafqatlik qilgan o‘qituvchi ishdan bo‘shadi
15:44 / 11.10.2024
Toshkentda o‘quvchilar ko‘z o‘ngida mushukni derazadan tashlab yuborgan o‘qituvchi jarimaga tortildi
15:50 / 03.09.2024
Hindistonda 17 ta maymun o‘limi bo‘yicha tergov olib borilmoqda
21:49 / 22.08.2024