O‘zbekiston | 09:54 / 21.07.2021
13424
2 daqiqa o‘qiladi
Sirdaryo viloyatining doimiy aholisi soni ma'lum qilindi
2021 yil 1 iyul xolatiga Sirdaryo viloyatining doimiy aholi soni 868,3 ming kishini tashkil etdi. Bu haqda viloyat statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Nuriddin Yuldashev Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Viloyatda joriy yil boshidan umumiy aholi soni 7,2 ming kishiga ko‘paydi. Eng ko‘p aholi soni Boyovut, Sirdaryo hamda Xovos tumanida kuzatildi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, viloyatda erkaklar soni 436 ming, ayollar soni 432,3 ming kishiga yetdi. Shundan shahar aholisi 370 ming kishi, qishloq aholisi 498,3 ming kishidan iborat. Shuningdek, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida 10 116 ta chaqaloq tug‘ildi.
Hududlar kesimida aholi soni quyidagicha:
- Boyovut tumani - 132,5 ming kishi;
- Sirdaryo tumani - 130,9 ming kishi;
- Xovos tumani - 97,8 ming kishi;
- Guliston shahri - 92,7 ming kishi;
- Sayxunobod tumani - 79,1 ming kishi;
- Mirzaobod tumani - 75,9 ming kishi;
- Guliston tumani - 75,0 ming kishi;
- Sardoba tumani - 67,4 ming kishi;
- Oqoltin tumani - 53,4 ming kishi;
- Yangiyer shahri - 44,7 ming kishi;
- Shirin shahri - 18,9 ming kishi.
Mavzuga oid
19:22 / 21.09.2024
Tadbirkorlarni quyosh paneli olishga majburlagan Sirdaryo HETK: “Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”
08:58 / 21.09.2024
Sirdaryoda elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yig‘ildi
21:19 / 05.09.2024
Uchta viloyat chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda
11:32 / 11.08.2024