Isroilda koronavirusga qarshi kapsula shaklidagi vaksina ishlab chiqildi
Oramed Pharmaceuticals kompaniyasi bosh direktori Nadav Kidronning so‘zlariga ko‘ra, ushbu vaksina «koronavirusning turli shtammlariga nisbatan chidamli, ikkinchidan, uning nojo‘ya ta'sirlari kamroq». Bundan tashqari, vaksinani alohida sharoitda saqlash shart emas.
Isroilda dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi kapsula shaklidagi vaksina ishlab chiqildi va uning klinik sinovlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar bermoqda.
Sinovlar yaqin bir necha hafta ichida Suraski nomidagi tibbiy markazda boshlanadi. Sinovlarda vaksina bilan emlanmagan 24 nafar ko‘ngilli ishtirok etadi. Ularning yarmi bir donadan, qolgan yarmi esa ikki donadan kapsula qabul qiladi. Sinovlar olti hafta davom etadi.
Oramed Pharmaceuticals kompaniyasi bosh direktori Nadav Kidron yangi vaksinaning bir nechta ustunliklarini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchidan, vaksina «koronavirusning turli shtammlariga nisbatan chidamli, ikkinchidan, uning nojo‘ya ta'sirlari kamroq».
Bundan tashqari, vaksinani dunyo bo‘yicha yetkazib berish oson, chunki uni alohida sharoitda saqlash shart emas.
Ta'kidlanishicha, vaksinani uyda mustaqil qabul qilish mumkin.
Kidronning aytishicha, sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, vaksinani boshqa mamlakatlarda ham ma'qullashga harakat qilinadi.
Mavzuga oid
08:08 / 14.11.2024
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
09:46 / 12.11.2024
ADL va IHT Isroilni G‘azodan chiqib ketishga chaqirdi
12:00 / 11.11.2024