O‘zbekiston | 00:19 / 24.07.2021
23194
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi O‘zbekiston universiteti uchun kontrakt summasi tasdiqlanmagani aytildi

Foto: Yangi O‘zbekiston universiteti

Yaqinda Yangi O‘zbekiston universiteti kontrakt summasi e'lon qilingandi. Universitet rasmiy saytida keltirilishicha, kontrakt narxi 1 semestrda mahalliy talabalarga 24 mln 850 ming so‘m, xorijiy talabalarga 5 ming dollar etib belgilangan.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova bu raqamlar tasdiqlanmaganini aytdi. Unga ko‘ra, saytda berilgan ma'lumot to‘g‘ri emas.

«Hisob-kitob bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdori balki undan ham qimmat bo‘lishi mumkin. Chunki Yangi O‘zbekiston universitetiga top darajadagi oliygohlar ishlatadigan dastur kelyapti. Kontrakt miqdori aytilgan summadan ham balandroq bo‘lishi mumkin, balki pastroq bo‘lar, aniq emas», dedi Hilola Umarova 23 iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Mavzuga oid