Jahon | 09:51 / 25.07.2021
11726
1 daqiqa o‘qiladi

Tesla avtopiloti Oyni svetoforning sariq chirog‘i deb qabul qildi

Tesla elektrokari avtopiloti Oyni svetoforning sariq chirog‘i deb qabul qilmoqda. Mashinaning navigatsiya tizimidagi ushbu xatolik haqida Tesla egalaridan biri Jordan Nelson ma'lum qildi.

Videodan kadr

Twitter’da joylashtirilgan videorolikda avtopilot Yerning tabiiy yo‘ldoshini svetoforning sariq chirog‘i deb qabul qilib, mashinani sekinlashtirayotganini ko‘rish mumkin.

Bu vaqtda avtomobilning axborot displeyida sariq chirog‘i yoqilgan svetofor belgisi chiqib turgan. Shu sababli mashinaning tormozlash tizimi ishga tushirilib, tizim mashinani to‘xtatishga harakat qilgan. Bir necha soniyadan keyin displeyda svetofor belgisi yo‘qolgan.

Mavzuga oid