Vatikan ilk bor dunyodagi mol-mulki haqidagi ma'lumotni oshkor qildi
Vatikan dunyodagi mol-mulki haqidagi axborotni ilk bor taqdim qildi. Ushbu axborotga ko‘ra, ayni vaqtda Vatikan butun dunyoda 5 mingdan ko‘proq ko‘chmas mulk obektiga ega.
Vatikanning mol-mulki haqidagi ma'lumot Muqaddas taxt va uning mol-mulki boshqarmasining (APSA) 2020 moliyaviy yil uchun hisobotida keltirilgan.
APSA Vatikanning ko‘chmas mulki va investitsiyalarini boshqaruvchi tashkilot bo‘lib, u tomonidan e'lon qilingan hisobotda Vatikan Italiyada 4051ta va xorijda 1120ta ko‘chmas mulk obektiga egaligi ko‘rsatilgan.
Vatikanning Italiyadagi obektlarining 14 foizga yaqini bozor narxida, qolganlari esa pasaytirilgan narxda ijaraga berilgan.
Vatikan ixtiyoridagi ko‘chmas mulk obektlarining 40 foizga yaqini maktablar, monastirlar va davolash muassasalari hisoblanadi.
Bundan tashqari, Vatikan London, Jyeneva, Lozanna va Parijning nufuzli tumanlarida ko‘chmas mulkka ega.
Mavzuga oid
14:05 / 25.07.2024
Vatikan Ukrainani tinchlikka erishish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga tayyor
13:50 / 16.12.2023
Yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i miqdorlari o‘zgardi
09:37 / 05.12.2021
Qoraqalpog‘istonda MChJ nomidagi 1 mlrd so‘mlik mulklarni sobiq rahbarlar sotib yubordi
07:58 / 29.07.2021