Jahon | 12:54 / 29.07.2021
4520
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook, Google va Netflix o‘z xodimlariga majburiy emlashni joriy qilmoqda

Foto: TASS

Facebook va Google o‘z xodimlarini masofaviy ishlashdan idoralariga qaytarishdan oldin koronavirusga qarshi majburiy emlash kerakligini ta'kidlamoqda.

Netflix ham kompaniyaga aloqador aktyorlar va boshqa ishchilar uchun majburiy emlashlarni e'lon qildi.

Google bosh direktori Sundara Pichayning aytishicha, xodimlar uchun majburiy emlash talabi avval Qo‘shma Shtatlardagi vakolatxonalarda, keyinchalik esa boshqa mamlakatlardagi bo‘linmalarda tatbiq qilinadi.

Facebook ham shu kabi choralar qo‘llashini ma'lum qildi.

«Biz AQShning istalgan shaharchalarida ishlashga kelganlarning barchasini emlashni talab qilamiz», dedi inson resurslari bo‘yicha kompaniya vitse-prezidenti Lori Govler.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya tibbiy va boshqa sabablarga ko‘ra emlana olmaydiganlarni ishga qaytarish masalasini qayta ko‘rib chiqadi.

Avvalroq, Nyu-Yorkda sentyabrdan boshlab barcha munitsipal xizmatlar xodimlarini koronavirusga qarshi majburiy emlash boshlanishi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid