Jamiyat | 09:00 / 01.08.2021
43929
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Kir yuvish mashinasi barabanini qanday tozalash kerak?

Sizning oilangiz katta bo‘lganligi sabab kir yuvish jarayoni deyarli to‘xtamasdan ishlab, kir mashina barabani esa qurishga ulgurmay qolmoqdami? Agar shunday bo‘lsa, u alohida tozalashni talab qiladi.

Har safar foydalanilganda, baraban bakteriya va zamburug‘lar ko‘payishi uchun ideal joyga aylanadi. Tizimli tozalash kir yuvish vositalari qoldiqlari, turli ifloslanishlarni yo‘qotib, mog‘or paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi. Bugun LG kir yuvish mashinalaridagi barabanni tozalash funksiyasidan qanday qilib va qaysi vaqt oralig‘ida foydalanish kerakligi to‘g‘risida to‘xtalamiz.

Mazkur funksiya baraban ichki qismini namlash, yuvish, chayish va siqish orqali tozalaydi. Tozalash funksiyasini o‘rtacha bir oyda bir marta ishlatish mumkin. Agarda siz kir mashinadan mog‘or hidi yoki shunchaki boshqa bir yoqimsiz hid kelayotganini his qilsangiz, barabanni uch hafta davomida haftasiga bir marta tozalash maqsadga muvofiqdir.

Barabanni tozalash funksiyasini ishga tushirish juda oson:

1. Kir yuvish mashinasidagi barcha narsalarni olib tashlang va eshikni yoping;

2. Kir yuvish vositalari uchun mo‘ljallangan tortmani oching va u yerda yuvish uchun hech qanday vosita yo‘qligiga ishonch hosil qiling. Agarda sizda suv qattiq bo‘lsa, ohak kukunlari shakllanishiga to‘sqinlik qiladigan eritma qo‘shing;

3. Quvvatni yoqing va «Baraban tozalash» funksiyasini tanlang;

4. Dasturni ishga tushirish uchun «Boshlash/Tanaffus» (Pusk/Pauza) tugmasini bosing;

5. Tsikl yakunlanganidan so‘ng, kir yuvish mashinasi drenaj shlangi orqali suvni o‘zi to‘kadi;

6. Kir yuvish mashinasining ichki qismlarini quritish uchun eshikni ochiq qoldiring. Agar barcha qismlar to‘liq qurimagan bo‘lsa, bu yoqimsiz hid yoki mog‘or paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Yoqimsiz hid va bakteriyalar paydo bo‘lish xavfini bartaraf etish uchun tizimli tozalash jarayonini amalga oshiring.

Agar kir yuvish mashinasi ishlamay qolsa yoki muammolar paydo bo‘lsa, 0 800 120 22 22 raqamlari orqali (O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘ylab qo‘ng‘iroq qilish bepul) LG xizmat ko‘rsatish markaziga qo‘ng‘iroq qiling.

Sayt: lgblog.uz

Instagram: @lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

#LG

Mavzuga oid