Jahon | 16:42 / 09.08.2021
10119
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy va Hindistonda kuchli suv toshqinlari ro‘y berdi

Dachjou shahridagi suv omborida suv sathi me'yordagidan 2,2 metr ortiqroqqa ko‘tarilgan.

Foto: Reuters

Xitoyda tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi natijasida keng ko‘lamdagi suv toshqinlari sodir bo‘ldi, 80 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi, deb xabar berdi Reuters.

Agentlikning ma'lumot berishicha, tabiiy ofat Sichuan provinsiyasida yuz bergan. Dachjou shahridagi suv omborida suv sathi me'yordagidan 2,2 metr ortiqroqqa ko‘tarilgan.

Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida 357ta qishloq suv ostida qoldi, deb xabar berdi NDTV. Suv toshqinlariga yomg‘irlar sabab bo‘lgan.

Gonda shahrida Gxagxra daryosi toshishi oqibatida boshlang‘ich maktab vayron bo‘lgan.

Mavzuga oid