Andijon viloyatida o‘qishga kiritish bilan bog‘liq ikkita firibgarlik holatlari aniqlandi
Andijon davlat universiteti katta o‘qituvchisi va boshqa bir fuqaro o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pul olayotganda ushlangan.
Andijon davlat universiteti katta o‘qituvchisi U.Q., fuqaro M.ning farzandini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qirg‘iziston Respublikasidagi universitetlardan biriga “Stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 400 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, fuqaro O.O‘. boshqa bir fuqaro N.ni Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 100 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Oltinko‘l tumanida talabaning o‘qishini ko‘chirtirib berishni va'da qilgan talaba ushlanganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
07:46 / 07.11.2024
IIBB internetda firibgarlikning yangi ko‘rinishi avj olgani haqida ogohlantirdi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024