Toliblar AQShning Afg‘onistonda o‘tish davri hukumati tuzish rejasiga qarshi chiqdi
Toliblar, shuningdek, Afg‘onistonning boshqa hududlari ustidan nazorat o‘rnatilgandan keyingina Kobulni egallash to‘g‘risida qaror qabul qilinishini bildirgan.
«Tolibon» harakati AQShning Afg‘onistonda o‘tish davri hukumati tuzish bo‘yicha taklifini qabul qilmaslikka qaror qildi. Bu haqda «RIA Novosti» agentligiga harakat rasmiy vakili Zabihulla Mujohid xabar berdi.
Iyul oyi oxirida «Tolibon» vakillari AQSh va Yevropa davlatlari delegatsiyalari bilan uchrashuvda Afg‘onistondagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish masalasini muhokama qildi. Amerika tomoni toliblarga muvaqqat hukumat tuzish mexanizmini taklif qildi, bu, AQShga ko‘ra, mamlakatda tinchlikka erta erishishga yordam beradi.
«Bu masala hali ko‘tarilmadi. Ammo, umuman olganda, biz o‘tish davri hukumatini qabul qilmaymiz. Bizning talabimiz - asosiy yechim, va uni topish kerak. O‘tish davri hukumatini shakllantirish - bu bizning rejamiz emas», deb javob berdi Mujohid toliblar AQSh taklifini qabul qiladimi, degan savolga.
Shuningdek, Mujohidning aytishicha, Kobulni egallash haqidagi qaror Afg‘onistonning boshqa hududlari ustidan nazorat o‘rnatilgandan keyingina qabul qilinadi.
Avvalroq, Britaniya qurolli kuchlari qo‘shma qo‘mondonligining sobiq rahbari Richard Berrons BBC efirida «Tolibon» Afg‘onistonni yana terrorizmning xalqaro bazasiga aylantirishi mumkinligini aytib o‘tdi.
9 avgust kuni ommaviy axborot vositalari toliblar oltinchi ma'muriy markaz - Samanganning Aybak shahrini o‘z nazoratiga olgani haqida xabar tarqatdi. Bundan oldin ular Nimroz, Juzjon, Qunduz, Saripul va Taxor viloyatlari poytaxtlarini egallab oldi.
Mavzuga oid
15:52
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32
AQShda juftlik to‘yi uchun to‘plagan pullarni uysiz itning operatsiyasiga sarfladi
11:54