Jahon | 18:01 / 16.08.2021
22111
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston maxsus kuchlar korpusi tarqatib yuborildi

Qayd etilishicha, korpusning butun shaxsiy tarkibi bo‘shatilgan, bo‘linma tarqatib yuborilgan.

Foto: Haroon Sabawoon/Anadolu Agency via Getty Images

Afg‘oniston milliy armiyasining maxsus korpusi tarqatib yuborildi. Bu haqda maxsus kuchlar matbuot xizmati xabar berdi.

«Maxsus kuchlar so‘nggi daqiqalarga qadar loqaydlikka yo‘l qo‘ymadi va hurmatli rahbariyat odamlar hayoti va afg‘on xalqi mulkini qutqarish uchun zarur deb hisoblagan barcha ishni bajardi», – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, korpusning butun shaxsiy tarkibi bo‘shatilgan, bo‘linma tarqatib yuborilgan.

15 avgust kuni toliblar Kobulga kirib bordi va hokimiyatni egalladi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatni tark etdi.

Mavzuga oid