Jahon | 19:51 / 16.08.2021
42611
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya toliblarni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarishi sharti ma'lum qilindi

2003 yilda Rossiya oliy sudi «Tolibon»ni terrorchi tashkilot deb tan olgan.

Foto: Rahmat Gul / AP

BMT xavfsizlik kengashi «Tolibon»ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarganidan keyingina Rossiya ham ularni ana shunday ro‘yxatdan chiqarishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar toliblar «inson huquqlariga rioya qilishning asosiy tamoyillarini buzmasa» BMT Xavfsizlik kengashi tegishli qaror qabul qilishi mumkin. 

«Avvalo Xavfsizlik kengashining barcha a'zolari yangi hukumat o‘zini yaxshi tutishga tayyorligiga ishonch hosil qilishi kerak. Barchada ana shunday nuqtayi nazar hosil bo‘lganidan so‘ng protsedura boshlanadi», — dedi Kabulov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya «Tolibon»ni BMT Xavfsizlik kengashi qaroridan keyingina terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqaradi.

BMT Xavfsizlik kengashi toliblarni 2003 yilda terrorchilar ro‘yxatiga kiritgandi. O‘sha yili Rossiya oliy sudi «Tolibon»ni terrorchi tashkilot deb tan olgan.

Mavzuga oid