Toshkent viloyatida muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish yuz berdi
Olmaliq shahrida muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish holati bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda shahar hokimligi Sanitariya va epidemiologiya boshqarmasiga tayangan holda rasmiy ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, Olmaliq shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 36 nafar bemor zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan.
15 avgust holatiga ularning 31 nafariga ahvoli yaxshi bo‘lgani sababli uyiga ruxsat berilgan. Yana besh nafar bemor davolanishda, ahvoli o‘rtacha ekani aytiladi.
Bundan tashqari, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga shu tashxis bilan yotqizilgan 1Z nafar bemor mavjud. Ayni paytda ularning holati o‘rtacha og‘ir, muolajalar davom ettirilmoqda.
“Haqiqatan ham xususiy tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan muzqaymoq bu vaziyatga sababchi bo‘lgani aniqlangan. Bu tadbirkorlik sub'yekti Olmaliq shahrida joylashgan.
Ayni paytda vaziyat yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli xulosalar mutasaddilarga berilgan. Epidemiologik surishtiruvlar davom ettirilmoqda”, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
08:50 / 17.09.2024
O‘rmon xo‘jaligi ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:25 / 10.09.2024
Olti turdagi muzqaymoqda ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar aniqlandi
15:00 / 07.09.2024
Ikki hududda elektrdan noqonuniy foydalanganlar 400 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
10:12 / 30.07.2024