O‘zbekiston | 14:24 / 18.08.2021
5217
2 daqiqa o‘qiladi

Kattaqo‘rg‘on suv omboridan noqonuniy qisqichbaqa ovlagan shaxslarga chora ko‘rildi

Foto: KUN.UZ

Samarqand viloyatida joylashgan Kattaqo‘rg‘on suv omboridan noqonuniy qisqichbaqa ovlagan shaxslarga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 18 avgust kuni Kattaqo‘rg‘on tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan Kattaqo‘rg‘on suv ombori hududlarida reyd kuzatuv ishlari olib borilgan. Reyd davomida suv ombori hududida noqonuniy tarzda qisqichbaqa ovlagan shaxslar aniqlangan.

Huquqbuzarlik holatini o‘rganish davomida brakonerlar tomonidan ovlangan jami 400 dona qisqichbaqaning 91 donasi nobud bo‘lgani aniqlanib, tirik holda bo‘lgan qisqichbaqalar qaytadan suv omboriga qo‘yib yuborilgan.

Bundan tashqari, huquqbuzar fuqaro U.A. Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 1-qismiga binoan, ma'muriy jarimaga tortilgan. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-son qaroriga asosan, huquqbuzarlar tomonidan zarar miqdorlari aniqlangan va bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mavzuga oid