Chiroqchida o‘g‘rilik qilgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida o‘g‘rilik qilgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2020 yil 21 oktabr kuni Chiroqchi tumani «Chambil» MFYda yashovchi fuqaro Sh.N. tuman IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z murojaatida 2020 yil 20 oktabr kuni tundan 21 oktabr tonggacha noma'lum shaxs Chambil qishlog‘ida joylashgan savdo do‘koni eshigi qulfini buzib, temir seyf ichida bo‘lgan pullari, onlayn hisoblagich apparati va qarz daftari, jami 20 million so‘mlik narsa hamda buyumlarini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.
Qayd etilishicha, jinoyat yuzasidan olib borilgan surishtiruvlar davomida ushbu o‘g‘rilikni fuqarolar B.D. va B.R.lar sodir etganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bundan tashqari, Shahrisabz tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan ham B.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. B.R. Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
2020 yil 4 dekabr kuni Chiroqchi tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi ish yurituvidagi B.R. va boshqalarga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi Shahrisabz tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi ish yurituvidagi jinoyat ishiga birlashtirish uchun yuborilgan.
Mavzuga oid
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
18:20 / 24.08.2024
Toshkent viloyatida ichimlik suvidan noqnuniy foydalangan korxona rahbari 5 yilga qamaldi
21:49 / 16.08.2024
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Malayziyaga parvoz qilgan samolyotida o‘g‘rilar ushlandi
21:01 / 05.08.2024