«Tolibon» AQSh ustidan g‘alaba qozonilganini e'lon qildi
Toliblar bayonotiga ko‘ra, Afg‘oniston xalqi «ketma-ket uch asr davomida uch imperiya» ustidan g‘alabaga erishdi.
Afg‘onistonda mustaqillik kuni bayrami nishonlanayotgan payshanba kuni «Tolibon» harakati AQSh ustidan g‘alaba qozonilganini e'lon qildi, deb xabar berdi CNN telekanali.
«Allohga hamd-sanolar bo‘lsin, bugun biz Britaniya istilosidan mustaqillikka erishganimizni nishonlayapmiz (1919 yildagi uchinchi ingliz-afg‘on urushi yakunlari bo‘yicha – tahr.), shu bilan birga, Xudoning marhamati va jihod qarshiligi bilan boshqa bir qudratli va takabbur kuchni yengdik va Afg‘onistonning pokiza yeridan chiqib ketishga majbur qildik», — deyiladi «Tolibon» bayonotida.
Toliblar bayonotiga ko‘ra, Afg‘oniston xalqi «ketma-ket uch asr davomida uch imperiya» ustidan g‘alabaga erishdi. CNN aniqlik kiritishicha, bular Buyuk Britaniya, SSSR va AQShdir.
15 avgust kuni «Tolibon» harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egalladi. Mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani va boshqa qator amaldorlar Afg‘onistonni tark etdi.
Mavzuga oid
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
19:21 / 01.11.2024
Oxunzoda va Haqqoniy qarama-qarshiligi: «Tolibon» rahbariyatida nizo avj oldimi?
23:27 / 27.10.2024
OAV: «Tolibon» ayollarga bir-biri bilan gaplashishni taqiqladi
20:59 / 14.10.2024