Prezident Farg‘ona viloyati hokimiga: «Ilohim, boshqa kasal bo‘lmagin»
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot masalasiga ham qisqa to‘xtalib o‘tdi.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorovga so‘z bergan prezident dastlab hol-ahvol so‘radi va ijobiy javob olganidan keyin shunday dedi:
“Seni sog‘-salomat ko‘rib turganimdan xursandman. Sog‘ayib ketganing chin bo‘lsin. Ilohim, boshqa kasal bo‘lmagin. Xabaring bor, murakkab operatsiyangni shaxsan o‘zim nazoratga oldim. Oldin bunday operatsiyalar uchun odamlarimiz chet ellarga borishardi. O‘zimizning mutaxassislarimiz shunday murakkab amaliyotlarni bajarishayotgani quvonarli.
Men chet ellarda ishlab yurgan vrachlarimizni qaytarish bo‘yicha ishlarni davom ettiraman. Ular bilan ko‘p muloqot qilyapman. Tibbiyotda muammolarimiz ko‘p. Birlamchi tibbiyotni rivojlantirmas ekanmiz, yaxshi natijaga erisha olmaymiz. "Tadbirkorlar qo‘llagan hokim" degan iborani Farg‘ona miqyosida ko‘rsatib berasizlar”, – dedi davlat rahbari.
Xayrulla Bozorov ham davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi va viloyatga oid ma'lumotlarni taqdim qildi.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024