Jahon | 15:48 / 26.08.2021
11292
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: «Tolibon» va qarshilik harakati o‘zaro hujum qilmaslikka kelishib oldi

Ushbu kelishuv Panjsher viloyatida to‘qnashuvlar yuz berishining oldini olishi kutilmoqda.

«Tolibon» harakati va Afg‘onistonni qutqarish birlashgan fronti harbiy harakatlardan tiyilish va bir-biriga hujum qilmaslik to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Bu haqda Geo TV telekanali xabar berdi.

Manbalarning aytishicha, Parvon viloyatidagi Chorikor shahrida «Tolibon» va muxolifatchilar delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, tomonlar yaqin vaqt ichida kelishuv haqida ma'lum qiladi.

«Tolibon» va qarshilik harakati o‘rtasidagi kelishuv Panjsher viloyatida to‘qnashuvlar yuz berishining oldini olishi kutilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, alyans 10 ming nafargacha harbiy va og‘ir qurollarga ega. 22 avgust kuni toliblar Panjsherni egallash uchun o‘z askarlarini jo‘natgani xabar qilingandi. OAVning yozishicha, shundan so‘ng Ahmad Mas'ud «Tolibon» vakillari bilan muzokara boshlagan.

Mavzuga oid