Jahon | 14:37 / 27.08.2021
22330
1 daqiqa o‘qiladi

Toliblar Turkiyaga Kobul aeroportini boshqarishni taklif qildi

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hozircha bu taklifga javob bermadi.

Foto: AP

«Tolibon» Turkiyaga Kobul aeroportini boshqarish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi, deb xabar bermoqda NTV telekanali.

«Toliblar Kobul aeroporti boshqaruvi bilan shug‘ullanishni taklif qildi. Kimga? Bizga. Xavfsizlikni ta'minlashlarini aytishdi, ma'muriy ishlarni esa bizga taklif qilishdi», — dedi u.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hozircha bu taklifga javob bermadi.

Iyulda Erdo‘g‘an Turkiya Kobul aeroportini nazorat qilishni o‘z zimmasiga olishi mumkinligini aytgandi.

Keyinroq Reuters agentligi Turkiya xavfsizlik kuchlaridagi manbalariga tayanib «Tolibon» texnik yordam so‘rasa, Turkiya aeroportdagi texnika va xavfsizlik sohasida yordam ko‘rsatishi mumkinligi haqida xabar berdi.

Mavzuga oid