AQSh Afg‘oniston davlat zaxiralarini «Tolibon»ga bermaydi - OAV
Xalqaro valuta jamg‘armasi ma'lumotlariga ko‘ra, aprel oxirida Afg‘oniston markaziy bankining valuta zaxiralari 9,4 mlrd dollarni tashkil etgan.
Qo‘shma Shtatlar AQShda saqlanayotgan Afg‘oniston davlat zaxiralarini «Tolibon» harakatiga bermoqchi emas. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
«Afg‘on xalqiga sodiqligimizni saqlab qolgan holda «Tolibon» yetakchilariga nisbatan sanksiyalarni yengillashtirganimiz yoki ularning xalqaro moliya tizimidan foydalanishiga imkon berganimiz yo‘q», degan AQSh moliya vazirligidagi manba.
Xorijiy moliyaviy yordamning to‘xtatilishi, valuta hisoblarining muzlatilishi ortidan Afg‘onistonda naqd pul yetishmasligi tufayli oziq-ovqat mahsulotlari va yonilg‘i narxi kun sayin oshmoqda, deb yozadi agentlik.
Avvalroq Qo‘shma Shtatlar Afg‘oniston markaziy bankining AQShda saqlanayotgan aktivlarini muzlatib qo‘ygandi. Xalqaro valuta jamg‘armasi ma'lumotlariga ko‘ra, aprel oxirida Afg‘oniston markaziy bankining valuta zaxiralari 9,4 mlrd dollarni tashkil etgan.
19 avgust kuni Xalqaro valuta jamg‘armasi ham Afg‘onistonga moliyaviy yordam berish to‘xtatilganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
16:21 / 26.09.2024
Toshkentda davlat zaxirasida bo‘lgan 7 sotix yerni 175 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
23:22 / 24.09.2024
BMT Afg‘onistonda ayollarga qo‘yilgan barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qildi
19:37 / 24.09.2024
Muhojirlardan himoyalanish uchun: Eron Afg‘oniston bilan chegarada devor qurmoqda
00:28 / 19.09.2024