Boyovut tumani hokimi o‘rinbosari 51 yoshida vafot etdi
U so‘nggi kunlarda og‘ir dard bilan kurashib kelgan va Toshkentda gematologiya markazida davolanishda bo‘lgan.
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimining o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Saodat Mirzayeva 51 yoshida vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Saodat Mirzayeva 1969 yilda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tug‘ilgan. U mehnat faoliyati davomida maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim maktablarida tarbiyachi, o‘qituvchi, maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U 2020 yil 26 iyundan buyon Boyovut tumani hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
16:04 / 01.11.2024
Boyovut hokimi Dilfuza Uralova fermerni haqoratlab, IIBga uni qamab qo‘yishni buyurdi
19:06 / 14.01.2024
Sirdaryoda 62,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan-zapravka egalari ushlandi
10:18 / 08.01.2023
Sirdaryoda tuman XTB sobiq iqtisodchisi firibgarlik qilgani aniqlandi
20:46 / 12.12.2022