Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jizzax viloyati hokimligida Azim Ahmadxo‘jayev o‘rniga viloyat hokimining yangi o‘rinbosari ish boshladi.
Nodir Bahodirovich Nurmatov Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Nodir Nurmatov 1979 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2002 yilda Nyu-York universitetining yuridik maktabi, 2005 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr bosqichini, 2007 yilda shu universitetda magistratura bosqichini tamomlagan.
U 2007-2014 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda ishlagan, 2014-2016 yillarda vazir yordamchisi bo‘lgan. 2016-2021 yillarda O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
2021 yilning 7 sentabr sanasidan boshlab “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-, 25-moddalariga asosan, Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari-Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yildan beri Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari-Investitsiyalar va tashqi saavdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Azim Ahmadxo‘jayev avgust oyi oxirida Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024