O‘zbekiston | 07:50 / 11.09.2021
6508
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga AstraZeneca vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelindi

Bugun tongda COVAX dasturi doirasida AstraZeneca vaksinasining 356 ming dozasi yurtimizga olib kelindi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, respublikaga keltirilgan jami vaksina 22 million 802 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan: 

  • 460 000 dozasi "Sputnik V", 
  • 1 342 480 dozasi AstraZeneca,
  • 18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.

Avvalroq, O‘zbekistonga 1 mln 200 ming dozadan ortiq Pfizer/BioNTech va 600 ming dozadan ortiq AstraZeneca vaksinalari olib kelinishi kutilayotgani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid