Toliblar Panjsherdagi janglarda Pokiston harbiylari qatnashmaganini bildirdi
Avvalroq qator ommaviy axborot vositalari Pokiston harbiy aviatsiyasi va maxsus kuchlari “Tolibon”ga Panjsherni egallashda yordam bergani haqida yozgandi.
Toliblarga Panjsher viloyatini egallashda Pokistonning yordami kerak bo‘lmadi, dedi Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy.
“Agar 33 ta viloyatni Pokistonning yordamisiz o‘z nazoratimizga olgan bo‘lsak, Panjsherdagi ikki-uchta tumanni olish uchun Pokiston yordam berishining nima keragi bor?” – deya Muttaqiyning so‘zlaridan iqtibos keltirdi AfghanUrdu.
“Bunday xabarlar shunchaki targ‘ibotdan boshqa narsa emas “, – deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq qator ommaviy axborot vositalari Pokiston harbiy aviatsiyasi va maxsus kuchlari “Tolibon”ga Panjsherni egallashda yordam bergani haqida yozgandi.
Juma kuni Pokiston TIV vakili Osim Iftixor bu xabarni rad etdi.
Mavzuga oid
14:32
Pokiston O‘zbekistonda "biotexnologik" dori vositalarini ishlab chiqarishi mumkin
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
15:12 / 09.11.2024