O‘zbekiston | 22:10 / 22.09.2021
2672
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotgan «Tiko» «Neksiya-3» bilan to‘qnashdi

Jizzax shahridagi ko‘chalardan birida harakatlanib ketayotgan «Tiko» haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida mashinada qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va ro‘paradan kelayotgan «Neksiya-3»ga urilgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 15 sentabr kuni soat 11:10 lar atrofida Jizzax shahridagi Jizzaxlik mahallasi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida «Tiko» va «Neksiya-3» ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Sharof Rashidov tumanida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan haydovchi «Tiko» mashinasi boshqarib ketayotib yo‘lning keskin buriluvchi qismida boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Shundan so‘ng u ro‘paradan kelayotgan Sharof Rashidov tumani Ziyokor mahallasida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya-3»ga borib urilgan.

Oqibatda, «Tiko» mashinasi haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati filialiga yotqizilgan. Shuningdek, har ikkala mashinaga jiddiy shikast yetgan.

Mavzuga oid