Jamiyat | 10:41 / 27.09.2021
2296
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda qarzdor ota farzandlariga aliment o‘rniga uy berdi

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida qarzdor ota farzandlariga aliment o‘rniga uy bergan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining 2017 yil 30 noyabrdagi sud buyrug‘iga asosan O‘.X.dan undiruvchi N.J.ga uch nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Majburiy MIB Uzun tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlari olib borilgan.

MIB Uzun tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari qarzdor O‘.X. aliment pullarini to‘liq to‘lab kelgan.

Qayd etilishicha, O‘.X. sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishib, qiymati salkam 200 million so‘mga teng bo‘lgan uyni farzandlari uchun xatlab bergan.

Hujjatlar notarial tartibda rasmiylashtirilgandan so‘ng N.J.ning arizasiga asosan MIB Uzun tumani bo‘limi tomonidan ijro hujjati belgilangan tartibda muddatidan oldin tugatilib, qarzdorga nisbatan qo‘llangan barcha cheklov choralari bekor qilingan.

Mavzuga oid