Jahon | 18:09 / 28.09.2021
8318
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistondagi qahvaxona va restoranlarda sigaret va chilim chekish taqiqlandi

Avvalgi qonunchilikka ko‘ra, jamoat muassasalarida chekuvchilar uchun alohida joylar ajratilgan bo‘lishi lozim edi.

Foto: AFP

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov jamoat joylarida chekishni taqiqlovchi qonunni imzoladi, deb xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston.

Qayd etilishicha, ushbu taqiq qahvaxona va restoranlarga ham taalluqli.

Qonun barcha turdagi tamaki mahsulotlariga qarshi kurashishni kuchaytirish choralarini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Avvalgi qonunchilikka ko‘ra, jamoat muassasalarida chekuvchilar uchun alohida joylar ajratilgan bo‘lishi lozim edi.

Ammo yangi qonun loyihasini ishlab chiquvchilar fikricha, bu holda tutun barcha xizmat ko‘rsatuvchilarning sog‘lig‘iga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Hujjat mualliflarining qayd etishicha, tamaki iste'moli Qirg‘izistondagi o‘lim va nogironlikning asosiy sababi hisoblanadi.

Mavzuga oid