O‘zbekiston | 12:35 / 05.10.2021
2017
1 daqiqa o‘qiladi

Alimentdan qarzdor xorazmlik ota qidiruvga berildi va Toshkentdan topildi

Foto: KUN.UZ

Alimentdan 10 mln so‘m qarzdor bo‘lib qolgan xorazmlik ota Toshkent shahridan topilgan va aliment pullari undirilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Yu.S.dan undiruvchi A.M. foydasiga 2 nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Biroq, MIB xodimlari qarzdorni yashash manzilidan topa olishmagan. Shundan so‘ng, unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan. 

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor ota Toshkent shahridan topilgan. Uning alimentdan qarzi 2021 yil 1 sentabr holatiga 10 mln so‘mdan ziyod ekani aniqlangan.

Qarzdorga voyaga yetmagan farzandini ta'minotsiz qoldirish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi haqida tushuntirish berilgan. Shundan so‘ng u aliment pullarini to‘lab bergan.

Mavzuga oid