O‘zbekiston | 10:48 / 07.10.2021
2632
1 daqiqa o‘qiladi

Qidiruvdagi jondorlik fuqaro Moskva shahrida ushlandi

Foto: Pixabay

Jinoyat sodir etishda aybli deb topilib, yashirinib yurgan buxorolik shaxs Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Jondor tumanining Arabcha qishlog‘ida yashovchi 45 yoshli I.F. Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 2020 yil 3 fevral kunidan Olot tuman sudi tomonidan qidiruv e'lon qilingan.

Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor profilaktik tadbir davomida I.F. Moskva shahrida qo‘lga olingan hamda O‘zbekistonga kelishi ta'minlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.  

Oldinroq qariyb 6 yildan beri qidiruvda bo‘lgan buxorolik fuqaro Moskva viloyatidan topilgandi.  

Mavzuga oid