Jahon | 21:33 / 14.10.2021
11551
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh yer ostidagi beton obektlarni yo‘q qiluvchi aviabombani sinovdan o‘tkazdi

​​​​​​​Aviabomba 30 metrgacha yer ostiga kirishi yoki qalinligi 6 metrgacha bo‘lgan betonni buzishi mumkin.

Foto: US Air Force

Florida shtatidagi Elgin aviabazasidan parvoz qilgan F-15E Strike Eagle qiruvchi-bombardimonchi samolyoti GBU-72 Advanced 5K Penetrator deb nomlangan beton buzuvchi yangi aviabombani sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda The Defense Post xabar berdi.

Vazni 2,3 tonna bo‘lgan aviabomba Shimoliy Koreya va Erondagi bunkerlar kabi yer ostida joylashgan beton obektlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan.

Aviabomba 30 metrgacha yer ostiga kirishi yoki qalinligi 6 metrgacha bo‘lgan betonni buzishi mumkin.

Ushbu boshqariluvchi aviabombani ishlab chiqish bo‘yicha ishlar 2017 yildan buyon olib borilayotgandi.

AQSh qurolli kuchlari 2022 yildan mazkur aviabombani sotib olishni rejalashtirgan. 125ta bombadan iborat birinchi partiyaning narxi 36 mln dollarni tashkil etadi. AQSh harbiy-havo kuchlari kamida 2 mingta ana shunday aviabombani sotib olishni mo‘ljallagan.

Mavzuga oid