Sirdaryoda o‘z farzandini sotayotgan ona qo‘lga olindi
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida qashqadaryolik fuqaro B.S. o‘zining 2021 yil 8 oktabr kuni tug‘ilgan farzandini 5 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda viloyat IIB ma'lum qildi.
Sirdaryo viloyati IIB JQB hamda TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Guliston shahar hududida o‘tkazilgan tadbir davomida, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro B.S o‘zining 2021 yil 8 oktabr kuni tug‘ilgan farzandini 5.000 (besh ming) AQSh dollari evaziga sotgan vaqtda ushlandi va undan kimyoviy ishlov berilgan pullar daliliy ashyo sifatida olingan.
Fuqaro B.S ning voyaga yetmagan farzandi Sirdaryo viloyati «Bolalar uyi»ga topshirildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:30 / 25.10.2024
Xitoyda 17 bolani o‘g‘irlab sotgan ayol o‘lim jazosiga hukm qilindi
15:55 / 09.10.2024
Toshkentda inson a’zolari oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan talaba jinoiy jazoga tortildi
20:17 / 27.09.2024
Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12:50 / 20.07.2024