Alisher Qodirovning ishonchli vakillari joylarda saylovchilar bilan uchrashishdi
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligika nomzod Alisher Qodirovning ishonchli vakillari bugun hududlarda saylovchilar bilan uchrashishdi.
Partiya matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun Alisher Qodirovning Farg‘ona viloyati bo‘yicha ishonchli vakili, partiyaning Farg‘ona viloyat Kengashi raisi Xursandoy Islomova saylovchilar bilan uchrashgan.
Nomzodning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Munira Qoriyeva Yangiyo‘l shahri saylovchilari bilan uchrashdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani Yoshlar markazida MTDPdan prezidentlikka nomzod A.Qodirovning ishonchli vakili Tajibay Romanovning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ishonchli vakil tomonidan nomzodning Saylovoldi dasturi mazmun-mohiyati haqida ma'lumotlar berilib, ishtirokchilarning savollariga javob qaytarildi.
Partiyaning Xorazm viloyati Kengashi tomonidan Xonqa tumanida «Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot!» shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
18:21 / 11.11.2024
Alisher Qodirov LGBT targ‘ibotini taqiqlovchi qonun ishlab chiqilishini ma’lum qildi
15:34 / 20.10.2024
Rossiyalik deputat O‘zbekiston fuqarolariga viza rejimini joriy etishga chaqirdi. Jamoatchilik bunga javob qaytardi
16:23 / 29.08.2024
“Bolalar 7-sinfdan keyin qobiliyatidan kelib chiqib o‘qitilishi kerak” – Alisher Qodirov
10:59 / 12.07.2024