Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari boshlandi
Kecha, 14 oktyabrdan O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari boshlandi. Muddatidan oldin ovoz berish 20 oktyabrgacha (shu kuni ham) davom etadi.
Saylov kodeksining 57-moddasiga ko‘ra, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.
«Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligining sabablari (ta'til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi. Saylovchi saylov byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a'zosi hozirligida saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.
Saylov byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan to‘ldiriladi», – deyiladi qonunchilikda.
Muddatidan oldin ovoz berish saylovga uch kun qolganida (20 oktabr kuni) tugallanadi.
2021 yil O‘zbekiston prezidenti saylovi ilk marotaba kuz oyiga – oktabr oyi 3 o‘n kunligining birinchi yakshanbasiga (24 oktyabrga) ko‘chirildi.
Markaziy saylov komissiyasi saylov jami 10760 ta saylov uchastkasida o‘tkazilishini ma'lum qilgan. Jumladan, 50dan ortiq xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarda O‘zbekiston fuqarolari saylovda qatnashishi mumkin.
O‘zbekiston hududidagi saylov uchastkalarning asosiy qismi ta'lim muassasalari, mahalla va tibbiyot muassasalari binolarida joylashgan. Saylov jarayonlarini onlayn yoritish uchun hozirgacha 1,5 mingdan ortiq OAV vakillari va yuzlab xorijiy kuzatuvchilar akkreditatsiyadan o‘tkazilgan. 207 ta tuman va shaharlardagi bittadan saylov uchastkasiga 2 tadan, jami 414ta kuzatuv kameralari o‘rnatiladi.
MSK ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi saylovchilar soni qariyb 21,2 million kishini tashkil qiladi. 20 sentyabrdan boshlangan targ‘ibot tadbirlarida 5ta partiyadan prezidentlikka nomzodlar qatnashmoqda.
Mavzuga oid
15:47 / 18.10.2021
MSK 3 kun davomida qancha saylovchi muddatdan avval ovoz berganini ma'lum qildi
12:39 / 18.10.2021
O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari o‘rtasida teledebat o‘tkaziladi
11:31 / 18.10.2021
Tanzila Norboyeva xotin-qiz saylovchilar sonini ma'lum qildi
18:42 / 16.10.2021