Shavkat Mirziyoyev Pskentda yashayotgan oilani bag‘rikenglik namunasi sifatida tilga oldi
Toshkent viloyatining konlari, turli tarmoqlardagi yirik korxonalari sanoat rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda ma'lum qildi.
“Hammamiz yaxshi bilamiz, Toshkent viloyati o‘zining so‘lim tabiati, ko‘hna va boy tarixi, iqtisodiy, madaniy-ma'naviy salohiyati bilan mamlakatimiz taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi.
Viloyatning oltin, kumush, mis, marmar, ko‘mir, qo‘rg‘oshin, alyuminiy kabi o‘nlab qimmatbaho va noyob qazilmalarga boy konlari, energetika, mashinasozlik, kon-metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, qurilish materiallari, to‘qimachilik tarmoqlaridagi yirik korxonalari sanoatimiz rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu diyorning eng asosiy boyligi – aslida, uning mehnatkash, bag‘rikeng, ko‘pmillatli xalqidir. Viloyatda yuzdan ortiq millat va elat vakillari ahillikda yashab, bahamjihat mehnat qilmoqdalar.
Shu borada, e'tiborga loyiq bir hayotiy misolni keltirmoqchiman. Pskent tumanining “Oqtepa” mahallasida istiqomat qiladigan Jonsaidovlar oilasi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Tojik ota, qozoq onaning yetti nafar kelini – o‘zbek, qozoq, rus, uyg‘ur, gruzin, chechen millatlariga mansub bo‘lib, ular ahil hayot kechirmoqda. Mana sizga bag‘rikenglik namunasi, mana sizga totuvlikning yorqin ifodasi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
21:15 / 07.11.2024
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:14 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida IIVning o‘q otish poligoni quriladi
08:30 / 04.11.2024