O‘zbekiston | 16:09 / 18.10.2021
4249
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Pfizer vaksinasining yana bir partiyasi olib kelindi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 29 million dozadan oshgani haqida ma'lum qildi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘zbekistonga Pfizer/BioNTech vaksinasining 526 500 dozalik yana bir partiyasi olib kelindi.

«Hozirgina yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining 526 500 dozalik yana bir partiyasi olib kelindi. Bundan avval ushbu vaksinadan 1 200 000 doza keltirilgan edi», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonga olib kelingan Pfizer/BioNTech ning umumiy miqdori 1726 500 dozaga yetdi.

Shunday qilib, mamlakatda emlash boshlanganidan beri keltirilgan vaksina miqdori 29 214 488 dozani tashkil qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni ham Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlashga ruxsat berilgan. 

14 oktabr holatiga ko‘ra, 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 151 124 nafar bola Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlangan.

Mavzuga oid