Sug‘urta polisini olmaganlik uchun jarima ikki baravarga kamaytirilmoqda
Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida “Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 5ta moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlik uchun tayinlanadigan jarimalar miqdori ma'muriy huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqib keskin kamaytirilmoqda.
Xususan, muddati o‘tgan sug‘urta polisi yoki sug‘urta polisida nazarda tutilmagan shaxs avtotransport vositasini boshqarganligi uchun jarima miqdori ikki baravarga kamaytirilyapti.
Transport vositalari egalari tomonidan sug‘urta polisini olmaganlik uchun jarima fuqarolarga ikki baravarga, mansabdor shaxslarga esa uchdan bir qismga kamaytirilmoqda.
Fuqarolar tomonidan valuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki o‘tkazish uchun jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha bo‘lgan miqdor oralig‘ida belgilanmoqda.
Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan jarimalar miqdori deyarli ikki baravarga, yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shug‘ullanganlik uchun jarima miqdori uch baravarga kamaytirilmoqda.
Fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan, vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarni turar-joy binolarida yashashga ruxsat berganlik uchun jarima miqdorini 735 ming so‘m, yil davomida takroriy sodir etilgan taqdirda 1,225 mln so‘m etib belgilash taklif qilinmoqda.
Qonun loyihasi uchinchi o‘qishda ham qabul qilindi.
Mavzuga oid
13:57 / 29.10.2024
Skuter va samokatdagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi
18:35 / 23.10.2024
Voyaga yetgan kvadroberlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin - IIV
18:23 / 26.08.2024
Qiynoq oqibatidagi o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi
01:05 / 16.08.2024