O‘zbekistonga Pfizer vaksinasining navbatdagi partiyasi keltirildi
SSV O‘zbekistonga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 35 million 200 ming dozadan oshgani haqida xabar berdi.
«Hozirgina yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining 273 780 dozalik partiyasi olib kelindi.
Shunday qilib, yurtimizda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 35 225 138 dozani tashkil qilmoqda», deyiladi xabarda.
Ulardan:
- 1 594 480 dozasi AstraZeneca;
- 25 933 818 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
- 720 500 dozasi Sputnik V;
- 3 000 060 dozasi Moderna;
- 2 000 280 dozasi Pfizer/BioNTech;
- 1 976 000 dozasi Sinovac vaksinasidir.
Shundan 25 101 646 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llangan.
Bungacha O‘zbekistonga vaksinasining ikki partiyasi keltirilgandi - 18 oktabr kuni 526 500 doza, 25 oktabr kuni 273 780 doza.
Ma'lumot uchun, COVAX - JSST, GAVI va CEPIvaccines hamda UNICEF ni birlashtirgan global tashabbus hisoblanadi. UNICEF vaksinalarni sotib olish va yetkazib berishda yetakchi rolni o‘ynaydi.
Mavzuga oid
21:15 / 24.08.2024
Yevrokomissiya respirator viruslar tarqalishiga qarshi vaksinani ma’qulladi
23:25 / 15.10.2022
Koronavirusdan o‘lim miqdori rekord darajada pasaydi
10:21 / 09.02.2022
SSV emlanishga chaqirmoqda: Zangiotada o‘lim holatlari emlanmaganlar orasida qayd etilgan
19:45 / 26.01.2022