O‘zbekiston | 09:46 / 27.10.2021
1837
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda haydovchi velosipedda harakatlanayotgan fuqaroni urib qochib ketdi

Foto: IIB axborot xizmati

Jizzax viloyati Baxmal tumanida haydovchi velosipedda harakatlanayotgan fuqaroni urib, qochib ketgan. Oqibatda fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Baxmal tumani «Barlos» QFY hududidan o‘tgan 4R-238 Samarqand – Bulung‘ur – Turon – Alamli avtomobil yo‘lining 7-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Noma'lum haydovchi yo‘l chetida velosipedda harakatlanib ketayotgan, Barlos qishlog‘ida yashovchi fuqaroni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Oqibatda jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv davomida mazkur jinoyatni Baxmal tumani «Oqtosh» QFYda yashovchi shaxs tomonidan sodir etilgani aniqlangan. Hozirda hodisa yuzasidan tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid