O‘zbekiston | 08:35 / 29.10.2021
2014
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i korrupsiyaga oid jinoyatlar yuzasidan hisobot berdi

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Bo‘ronov viloyatda joriy yilning o‘tgan 9 oyida sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar to‘g‘risida hisobot berdi.

Joriy yilning 23 fevral kuni fuqaro M.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tadbir natijasida Xovos temir yo‘l bekati arxivi mudirasi H. uning ish staji haqidagi arxiv ma'lumotlaridan ko‘chirmalarni tezlashtirib berish evaziga o‘zi va rahbarlariga 700 AQSh dollarini talab qilib olganda ushlangan. Mazkur holat yuzasidan fuqaro H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 214-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yilning 11 mart kuni Xovos tumani IIB YHXB boshlig‘i B.ning Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga yozgan arizasiga asosan o‘tkazilgan tadbir natijasida fuqaro U. avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 900 ming so‘m pulni bergan vaqtida ushlangan. Mazkur holat yuzasidan U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Kun.uz

2021 yil 21 aprel kuni fuqaro N.ning arizasi asosida o‘tkazilgan tadbir natijasida RShTYoIM Sirdaryo viloyati filiali tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari Q. va X.lar arizachi N.ni rahbarlari orqali ishga kiritish evaziga 900 AQSh dollari miqdoridagi pulni olgan vaqtida ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Q. va X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid