Hozirda mahsulotlarimizni Qozog‘istonga eksport qilyapmiz – Sirdaryolik hunarmand ayol
Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida istiqomat qiluvchi hunarmand Iroda Tojiqulova milliy taqinchoqlar yasash bilan shug‘ullanadi. U o‘zi yashab turgan Shodlik mahallasida maktab o‘quvchilariga hunarmandchilikni o‘rgatish uchun to‘garak ham tashkil qilgan.
«Men bu hunarmandchilik sohasini 3 yildan buyon bolalarga o‘rgatib kelyapman. Bundan tashqari, «Barkamol avlod» bolalar maktabi hamda 7-sonli musiqa maktabida ish faoliyatimni yo‘lga qo‘yganman. Hozirda 50 nafardan ortiq shogirdlarim bor. Bu yerda shogirdlarim bilan yasagan mahsulotlarimizni Qozog‘istonga sotishni yo‘lga qo‘ydik», deydi Iroda Tojiqulova.
To‘garakda o‘quvchilar turli xil milliy taqinchoqlarni yasashni o‘rganadi. Darslardan bo‘sh vaqtida tayyorlagan mahsulotlaridan hozirda 3 million so‘m daromad qiladi. Kelgusida shogirdlari bilan taqinchoqlar do‘konini ochishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
15:20 / 14.11.2024
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
15:19 / 08.11.2024
Ayrim tadbirkorlarga to‘langan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi
11:07 / 07.11.2024
Tadbirkorlarga gaz bo‘yicha hisoblangan asossiz 3,7 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi
12:50 / 04.11.2024