Toshkent – Buxoro yo‘nalishida harakatlangan «Afrosiyob» poyezdi yo‘lda to‘xtab qoldi
Joriy yilning 3 noyabr kuni Toshkent – Buxoro yo‘nalishidagi reysda harakatlangan «Afrosiyob» poyezdi yo‘lda to‘xtab qoldi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» holat yuzasidan izoh berdi.
Ma'lum qilinishicha, 3 noyabr kuni soat 22:23da Toshkent – Buxoro yo‘nalishidagi 766-sonli reysda harakatlangan «Afrosiyob» poyezdi rejadan tashqari safar davomida 4 daqiqaga to‘xtab qolgan.
Mazkur holat bort tizimidagi nosozlik tufayli yuzaga kelgan. Poyezd mashinistlari bortdagi barcha qurilmalarni boshqarish tizimini to‘liq qayta ishga tushirgan.
«Aynan shu vaqtda yo‘lovchilar tomonidan olingan videoda: «Bizda tezyurar «Afrosiyob»da ham svet o‘chadi» deya kinoya fikr yuritdilar. Bort tizimi qayta ishga tushirilgach, poyezd o‘z yo‘lida davom etdi va «Buxoro» temiryo‘l vokzaliga yetib bordi», deyiladi «O‘zbekiston temir yo‘llari» ma'lumotida.
Bildirilishicha, zamonaviy, yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar harakatni tashkil qilish bilan bog‘liq barcha xavfsizlik talablari hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan.
Mavzuga oid
09:44 / 04.11.2024
Metroning “Choshtepa” bekatida poyezd buzilib qoldi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
08:10 / 26.10.2024
Toshkentda 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi
21:49 / 14.10.2024