O‘zbekistonda konstitutsiyani takomillashtirish masalasini ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda
Senat binosida saylangan prezident Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev tadbir davomida nutq so‘zlamoqda.
«Barcha nomzodlarning saylovoldi uchrashuvlarida elektorat vakillari tomonidan bugungi kunda hayotning o‘zi, islohotlarimiz mantig‘i talab etayotgan yana bir muhim taklif ilgari surildi. U ham bo‘lsa, mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishdan iborat.
Agar dunyo tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tub burilish davrida ko‘pgina davlatlarda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilganini ko‘ramiz.
Shu sababli, avvalo, senator va deputatlarimiz, keng jamoatchiligimiz, xalqimiz bilan yana bir bor maslahat qilib, jahon konstitutsiyaviy tajribasini o‘rganib, puxta o‘ylagan holda bugungi va kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan asosiy qonunimizni takomillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqishimiz kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
07:56 / 31.07.2024
Eronda yangi prezidentning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi
07:42 / 07.05.2024
YeI Putinning inauguratsiyasida ishtirok etish borasida bir qarorga kelolmayapti
19:30 / 23.04.2024
Vladimir Putinning inauguratsiya sanasi belgilandi
13:56 / 19.08.2023