O‘zbekiston | 09:56 / 06.11.2021
5799
2 daqiqa o‘qiladi
Surxondaryoda fuqaroning 800 million so‘mini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Termiz shahrida fuqaroning 800 million so‘mini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Termiz shahar Mehrobod mahallasida yashovchi M.Chori shahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z murojaatida, Mehrobod mahallasida yashovchi, F.V. 2019 yil may oyida, qurilish mahsuloti yetkazib berish uchun 800 million so‘m pullarini olib, bergan va'dasini bajarmasdan ushbu pullarni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganini bildirgan.
Qayd etilishicha, 2021 yil 20 oktabr kuni Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limidan F.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
18:45 / 21.11.2022
Aldanib qolmang: Telegram'da aholiga pul tarqatilayotgani haqida yolg‘on xabar aylanib yuribdi
07:36 / 09.12.2021
Buxoroda tadbirkorga bankdan 400 ming dollar kredit olishda yordam berishni va'da qilgan SSP xodimi ushlandi
17:39 / 06.12.2021
Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari 29 ming dollar bilan ushlandi
13:25 / 06.12.2021