Xorrot: Xorazmning dong‘i ketgan balig‘i endi Toshkentda
Baliq shinavandalari turli viloyat-shaharlardan atayin Xorazmga borib, eng mazali baliqlardan tanovul qilib kelishlari haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Sababini so‘rasangiz, uyoqning balig‘i boshqacha mazali-da, deb javob berishadi. Bunday safarlarga endi hojat yo‘q: Xorazm baliqlari Toshkentga “suzib” keldi.
Xorrot brendi asoschilaridan sanalgan Otaboy bobo Olloberganov baliqchilik bilan qariyb 55 yildan buyon shug‘ullanib kelishlari va bu ota kasb ekani haqida bizga hikoya qilib berdilar.
“Xorrot so‘zi duradgor usta ma'nosini anglatadi. Lekin biz usta emas, baliqchimiz. Ota-bobolarimizning laqabi Xorrot bo‘lgan, shu nom asosida brend paydo bo‘lgan. Xorazmda “Ota Xorrot balig‘i” desa, hamma taniydi. Chunki boshqalar orasida shirini, mazalisi, deb bilishadi”, – deydi Otaboy ota.
5 noyabr kuni Toshkent shahrida Xorrot restorani o‘z faoliyatini boshladi. Ochilish marosimi ko‘ngilochar shou-dasturlar, mehmonlarning qutlovi bilan o‘tdi, unga tashrif buyurganlar restoran va taomnoma bilan tanishdilar.
“Restoran mehmonlari uchun zal birinchi va beshinchi qavatlarda hozir qilingan. Xo‘randalar maxsus QR-koddan foydalanib, yoki monitordan kuzatish orqali buyurtma berilgan taomning qanday tayyorlanayotganini jonli efirda kuzatib borishlari mumkin”, – deydi Xorrot restorani rahbari Shahzod Otaboyev.
Ish boshqaruvchilar chet elda yetarli tajriba orttirgan, oshpazlar orasida 2ta Michelin yulduzini qo‘lga kiritganlar bor.
Menyudan faqat baliq mahsulotlari emas, turfa xil noyob retseptlar ham joy olgan. Qisqasi, kuchli jamoa, sifatli xizmat va mazali taomnoma mijozlar ixtiyorida bo‘ladi.
Barchangizni Xorrot restoraniga taklif etamiz!
Murojaat uchun telefon:
Manzil:
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol mahallasi, 1-tor ko‘cha, 95-A uy
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
23:58 / 11.09.2024
Toshkentdagi restoranlardan birida ommaviy zaharlanish yuz berdi
10:00 / 09.09.2024
Belgiyaning mashhur restoranlar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda
08:10 / 06.09.2024
Sirdaryoda qoidalarni buzgan holda baliq ovlagan shaxsga 20 mln so‘m jarima belgilandi
23:40 / 01.09.2024