O‘zbekiston | 19:15 / 12.11.2021
9923
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘oniston terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik dolzarb masala - Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Istanbulda bo‘lib o‘tgan Turkiy kengash sammitidagi nutqida Afg‘oniston masalasiga yana bir bor to‘xtaldi.
«Afg‘onistondagi hozirgi murakkab vaziyat barchamizning e'tiborimiz markazida turibdi.
Ushbu mamlakatning gumanitar inqirozga tushib, xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga, uning terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda dolzarbdir.
Afg‘onistonning yangi hukumati bilan muloqotlarda yondashuvlarimiz umumiy va yakdil bo‘lishi lozim», dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
16:56 / 10.09.2024
“Tolibon” davlatchilikni qanchalik uddalayapti?
12:46 / 10.09.2024