Dushanbeda «Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo» shaklidagi vazirlar uchrashuvi o‘tkazildi
22 noyabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida «Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo» shaklidagi 17-vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari hamda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili ishtirok etdi. Unda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarning dolzarb masalalari, xavfsizlikning umumiy muammolari, savdo, investitsiya, ekologiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, mintaqalararo aloqalarni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda qatnashgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning innovatsion modelini shakllantirish, tariflarni uyg‘unlashtirish, bojxona tartiblarini soddalashtirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
Shuningdek, Afg‘onistonda gumanitar falokatning oldini olish, mamlakatni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga jalb etish zarurligi ta'kidlandi.
O‘zbekiston tomoni Yevropa Ittifoqi bilan ushbu yo‘nalishdagi aloqalarni, jumladan, BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik Trast fondi doirasida hamkorlikni kengaytirishga tayyorligi bildirildi. Uchrashuv yakunida Qo‘shma kommyunike qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Bryusselga tashrif buyurgan Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiya «O‘zbekiston Respublikasi – Yevropa Ittifoqi» hamkorlik kengashining navbatdagi majlisi doirasida Yevroittifoqning bir qancha yuqori martabali mulozimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Mavzuga oid
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
16:34 / 08.11.2024
Rossiya Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishini istaydi - Putin
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
22:39 / 04.11.2024