O‘zbekiston | 21:24 / 22.11.2021
12600
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda rejalashtirilgan bunyodkorlik loyihalari taqdimoti o‘tkazildi

Milliy bog‘ yonida Prezident kutubxonasi quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Ulardan biri – Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi bo‘lib, Adiblar xiyoboniga tutash hududda quriladi. Ushbu majmua muzey bilan birga ilmiy tadqiqot markazi, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, maktab va yotoqxonani o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston Milliy bog‘i yaqinida Prezident kutubxonasi qurilishi ham rejalashtirilgan. U 4 qavatli bo‘lishi, bir vaqtda 1 ming 400dan ziyod o‘quvchiga xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan. Kutubxonada 1 million 500 mingta kitob saqlanishi bilan birga elektron adabiyotlar, multimedia mahsulotlari ham bo‘ladi.

Davlat rahbari bu majmualarni qurishda eng zamonaviy texnologiyadan foydalanish, bilimsevarlarga barcha qulayliklarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Taqdimotda Olimpiya shaharchasi loyihasi ham ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid