Jahon | 23:32 / 23.11.2021
5417
1 daqiqa o‘qiladi

Somalida qurg‘oqchilik sababli favqulodda gumanitar holat e'lon qilindi

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Somalida 2,3 mln kishi yoki aholining 18 foizi me'yorida ovqatlanish uchun yetarlicha oziq-ovqatga ega emas.

Foto: CC BY-NC-ND / ICRC / Mohamed Abdikarim

Somali bosh vaziri Muhammad Husayn Roble davom etayotgan qurg‘oqchilik sababli mamlakatda favqulodda gumanitar holat e'lon qildi.

“Hozirgina favqulodda gumanitar holat rejimini e'lon qildim. Mamlakatning barcha fuqarolarini hamda xalqaro hamjamiyatni qurg‘oqchilikdan jabr chekayotgan somaliliklar ahvolini yengillashtirish uchun birgalikda harakat qilishga chaqiraman”, — dedi u.

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Somalida 2,3 mln kishi yoki aholining 18 foizi me'yorida ovqatlanish uchun yetarlicha oziq-ovqatga ega emas.

Bu yil qurg‘oqchilik oqibatida 100 mingga yaqin kishi uylarini tark etib, boshqa hududlarga ko‘chishga majbur bo‘ldi.

Mavzuga oid